Rodos

Rodos — O’rta dengizning Sharqiy qismidagi Orol, Janubiy Sporada arxipelagida. Kichik Osiyo yarim orolidan 18 kilometr, Gretsiya hududi. Maydoni 1404 km2. Qirg’oqlari kam parchalangan. Eng baland joyi 1215 metr (Ataviros tog’i). Asosan, ohaktosh va marmardan tuzilgan. Keng bargli va igna bargli o’rmonlar, butazorlar uchraydi. Sohilbo’yi pasttekisliklarida tokzorlar, bog’lar, tsitrus mevalar plantasiyalari, zaytunzorlar bor. Baliq ovlanadi. Turizm rivojlangan. Kurort ko’p. Yirik shahri — Rodos. Rodos — Egey madaniyati markazlaridan. O’rta asr yodgorliklaridan Vizantiya ibodatxonalari (11 — 15-asrlar), musulmonlar me’morligi obidalari (16— 19-asrlar) saqlangan.