Rodoxrozit

Rodoxrozit (Yunoncha rhodon — atirgul, chrosis — rang), marganeslishpat — karbonatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Mpso3. Trigonal singoniyada kristallanadi. Rangi turli qo’shimchalar borligi tufayli to’q binafshadan och sarg’ish, kulranggacha o’zgaradi, oksidlanganda qo’ng’ir tusga o’tadi. Asosan, yarim shaffof, ba’zan shaffof bo’ladi. Yaltiroqligi shishaga o’xshash, sadafeimon. Qattikligi 3,5—4. Zichligi 3700 kg/m3. Mo’rt. Rodoxrozit ko’pincha dengizlarda cho’kindi yo’l bilan hosil bo’lgan marganes konlarida, ba’zan o’rtacha temperaturali polimetall va past temperaturali oltinpolimetall konlarda uchraydi. Rodoxrozit, asosan, marganes rudalari tarkibiga kiradi. Sanoat ahamiyatiga ega. Yumshoqligiga qaramasdan ba’zi shaffof turlari zargarlikda va bezaktosh sifatida qo’llaniladi.