Rollan (Rolland) Romen
Rollan (Rolland) Romen (1866.29.1, Klamsi — 1944.30.12, Vezle) — Fransuz yozuvchisi, musiqashunos, jamoat arbobi. Dastlabki pesalari Italiyaning Uyg’onish tarixiga bag’ishlangan. Lekin ular matbuotda chop etilmagan. Tarixiy mavzudagi «e’tiqod fojiasi» nomi bilan umumlashgan 3 pesasida o’z vatandoshlarini e’tiqod, mardlik va ishonchga da’vat qilgan. Rollanning Shekspir ruhida yozgan 2 tarixiy pyesasi (30 yildan so’ng yozgan) uchinchi — «Robesper» bilan yakun topgan. «Jankristof» (1 — 10 janrlar, 1904-12) roman-epopeyasida Betxoven tipidagi daho musiqachining tarixi 20-asr boshlaridagi Yevropa madaniyati inqirozining realistik kartinasi fonida kursatilgan. «Kola Bryunon» qissasi (1914, nashri 1918) markazida erksevar mehnatkash xalq ustasi obrazi turadi. Rollanning keyingi ijtimoiy-siyosiy qarashlari «Maftunkor qalb» roman-epopeyasi (1-4 jildlar, 1922-33)da aks etgan. L. Betxoven (1903), Mikelanjelo (1907), L. N. Tolstoy (1911), M. Gandi (1923) kabi buyuk kishilarning badiiy biografiyasini yozgan. Musikashunoslikka oid asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan. Nobel mukofoti laureati (1915).