Romanovlar
Romanovlar — 1416-asrlarda Rossiyadagi boyarlar urug’i, 16-asr boshigacha Koshkinlar, 16-asr oxirigacha Zaxarinlar deb atalgan. 1613 yildan podsholar, 1721 yildan imperatorlar sulolasi. Romanovlardan chiqqan 1-podsho — Mixail Fyodorovich, 1-imperator — Pyotr I, so’nggi imperator — Nikolay II; u 1917 yil Fevral inqilobida taxtdan tushirilgan.