Romiz, Mannon Romiz, Ramziy
Romiz, Mannon Romiz, Ramziy (taxalluslari; asl ism-sharafi Abdullayev Mannon) (1895, Toshkent — 1938, Krasnoyarsk) — jurnalist, yozuvchi, jamoat arbobi. 1918 yilning 2-yarmidan 1930 yil 1 sentabrgacha turli partiya-sho’ro rahbarligi lavozimlarida ishlagan. Milliy matbuot, nashriyot va maorif ishlarining rivojlanishida faol ishtirok etgan. «Turkiston», «kambag’al dehqon», «Qizil O’zbekiston» gazetasi, «Yer yuzi», «maorif va o’qituvchi» jurnal muhirriri (1927-29), Maorif xalq komissari (1929). Adabiy-jurnalistik faoliyati 1920 yildan boshlangan. Adabiy-tanqidiy va publitsistik maqolalar yozgan. Publitsist sifatida o’z davrining muhim siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy masalalari, muammolari yuzasidan fikrlar bildirgan, ularning hal etilishiga muayyan hissa qo’shgan. Romiz 1924-25 yillarda Pomirda ishlagan. O’sha yerdagi faoliyati asosida «Pomir Badaxshonga sayohat» turkum sayohatnomasini yaratgan (1925). «Oktyabr vaxalq maorifi» (1927), «xayoldan haqiqatga» (1928), «Lotinlashtirish kurashida» (1928) kabi kitoblar muallifi. 1930 yil 5 sentabrda «Narkompros ishi» bo’yicha qamoqqa olingan va «xalq dushmani» sifatida otib tashlangan. Shaxsga sig’inish oqibatlari fosh etilgandan so’ng oqlangan.