Rondoniya

Rondoniya — Braziliyaning shimolidagi federal hudud, Madeyra daryosi havzasida. Maydoni 238,5 ming km2. Aholisi 1,4 million kishi (2000). Ma’muriy markazi — Portu-Velyu shahri. Rondoniyaning katta qismi Braziliya yassitog’ligining shimoliy g’arbiy qismi, shimoliy Amazonka pasttekisligidan iborat. Iqlimi ekvatorial, issiq va nam iqlim. O’rtacha oylik temperaturalar 23-24°, yillik yog’in 2000-2500 mm. Ekvatorial o’rmonlar, savannalar bor. Iqtisodiyotining asosini o’rmon xo’jaligi tashkil qiladi: kauchuk, Braziliya yong’og’i yig’iladi, qimmatbaho yog’och tayyorlanadi, ovchilik bilan shug’ullaniladi. Tog’ etaklarida dehqonchilik qilinadi. Sanoati o’rmon maxsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Oltin, kassiterit qazib olinadi.