Rorayma

Rorayma — Braziliyaning shimoldagi federal hudud. Riubranku daryosi havzasida, Venesuela va Gayana chegarasida. Maydoni 225,1 ming km2. Aholisi 324,2 ming kishi (2000). Ma’muriy markazi — Boavista shahri. Roraymaning katta qismi Gviana yassitog’ligining Janubiy pastroq chekka qismida, qolgan qismi Amazonka pasttekisligida joylashgan. Iqlimi shimolda subekvatorial, Janubda ekvatorial, issiq va nam iqlim. O’rtacha oylik temperaturalar 26-28°, yillik yog’in 1300-2300 mm. Qimmatbaho daraxtlar o’sadigan ekvatorial o’rmonlar. Shimol hududlarida savannalar bor. Xo’jaligining asosini o’rmonchilik tashkil etadi. Baliq ovlanadi, ovchilik rivojlangan. Olmos va oltin konlari bor.