Ross dengizi

Ross dengizi — Tinch okeanning chekka dengizi, Antarktidaning g’arbiy qirg’oqlari yaqinida. Maydoni 440 ming km2. Eng chuqur joyi 2972 metr. Dengizning Janub qismi Ross shelf muzligi bilan qoplangan, shimolda yil davomida muzlar suzib yuradi, aysberg (muz tog’) ko’p. Suvining o’rtacha yillik temperaturasi — g dan past, yoezda ba’zan 2° gacha ko’tariladi. Sho’rligi 33,7—34,4%o. Suv ko’tarilishi har yarim sutkada takrorlanadi (balandligi 1 metrgacha). Tyulen va kitlar bor. Dengizni J. K. Ross kashf qilgan.