Rotshildlar
Rotshildlar — moliya magnatlari sulolasi. 18-asrda Frankfurtmaynlik bankir Mayer Amshel Rotshild asos solgan. 19-asrning 1-yarmida uning 5 o’g’li Parij, London, Vena, Frankfurtmayn va Neapol shaharlaridagi banklarda rahbarlik qilganda Rotshildlarning mavqei ancha oshdi. Yevropa banklarining ko’pchiligi Rotshildlar bankiga moliyaviy qaram edi. Keyinchalik Vena, Frankfurtmayn va Neapoldagi Rotshildlar banklari o’z faoliyatini to’xtatdi. Parij va Londondagi banklar mustaqil moliyaviy ish yuritdi. Rotshildlar guruhi ingliz va frantsuz tarmoqlariga bo’linadi. Bukj Britaniyadagi «Rotshildsemyueloppengeymer» va Frantsiyadagi «bank de Rotshild» banki, «Sosete denvestisman dyu Nor» xolding kompaniyasi (1972) har ikki tarmoqning asosini tashkil etadi. Rotshildlar Buyuk Britaniya va Frantsiya siyosiy hayotida muhim o’rin tutadi.