Rotterdam
Rotterdam (gollandcha — Rott daryosiga qurilgan ko’prik) — Niderlandiyaning g’arbiy qismidagi shahar, Reyn daryosi deltasining shimolda. Kanal orqali shimoliy dengiz bilan bog’langan. Aholisi 595 ming kishi, shahar atrofi bilan 1,07 million kishi (2000). G’arbiy Yevropaning eng yirik porti. Transport yo’llarining yirik tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim savdo-sanoat markazi. Sanoati chetdan keltiriladigan xom ashyoga asosan ishlaydi. Gfrva Belgiyaning yirik korxonalariga Rotterdamdan neft quvurlari o’tgan. Yirik neftni qayta ishlash va neft kimyosi korxonalari ishlab turibdi. Turli mashinasozlik (kemasozlik va avtomobilsozlik, elektrotexnika va boshqalar), kimyo, yengil, oziq- ovqat sanoati korxonalari mavjud. Metropoliten qurilgan. Universitet, san’at akademiyasi, kemasozlik va navigaysiya instituti, tarix, dengiz va etnologiya muzeylari bor. Shahar 13-asrdan ma’lum. Me’moriy yodgorliklardan gotika cherkovi (15-asr) va boshqa cherkovlar, tegirmonlar (17-18-asrlar) saqlangan. Rotterdamda milliy va xalqaro savdo operatsiyalari bajariladi.