Roulinson (Rawlinson) Genri Kresvik
Roulinson (Rawlinson) Genri Kresvik (1810.11.4, Chadlington, Oksford — 1895.5.3, London) — ingliz sharqshunosi va diplomati, ossuriyashunoslikning asoschilaridan biri. 1827— 39 yillarda Britaniyaning Hindistondagi va keyinchalik Erondagi Ostindiya kompaniyasida zobit bo’lib xizmat qilgan. 1840-43 yillarda ingliz hukumatining Qandahor (Afg’oniston)dagi maxsus vakili, so’ngra Bag’dod, keyinchalik Tehronda konsul. Mesopotamiya (hozirgi Iroq)dagi qadimgi shahar xarobalarida qazish ishlari olib borgan. 1878-81 yillarda Osiyo Qirollik jamiyati, 1871-72 va 1874— 75 yillarda Geografiya Qirollik jamiyati Prezidenta. Qadimgi fors va Ossuriyabobil mixxatlarini o’qishga hissa qo’shgan. Behistun kitobalarini o’qigan.