Ro’ziyev Bo’ron

Ro’ziyev Bo’ron (1941, Qiziltepa tumani Vangazi qishlog’i) — gaz koni operatori, O’zbekiston qahramoni (1995). 1962-64 yillarda turli tashkilotlarda ishchi. 1964— 72 yillarda «Buxoroburg’ineft» va «Qashqadaryogaz» boshqarmalarida burg’i ustasi yordamchisi, neft va gaz konlari operatori. 1972 yildan hozirgacha «Muborakgaz» gaz konlari boshqarmasiga qarashli muborak gaz konida neft va gaz qazib olish bo’yicha operator. U Muborak, Sho’rtepa, Shim. Maymanak gaz va neft konlaridagi neft quduqlarini ishga tushirish va o’zlashtirishda, konlarda yangi texnikani joriy etishda, respublikaning neft mustaqilligini ta’minlash uchun kurashda jonbozlik ko’rsatgan.