Rozo

Rozo — Dominika poytaxti. Dominika orolining Janubiy g’arbiy qismida, Gudvil va Sharlot buxtalari o’rtasida, Rozo daryosi bo’yida joylashgan. Aholisi 15,8 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Dengiz porti; chetga efir moyi, tropik mevalar, sabzavot, ziravorlar chiqariladi. Oziq-ovqat, tikuvchilik sanoati korxonalari bor. Katoliklar sobori (1841), cherkov, Hukumat uyi va boshqa me’moriy binolar, Viktoriya muzeyi, botanika bog’i bor. Shaharga 17-asrda frantsuzlar tomonidan asos solingan.