Rukn
Rukn (Arabcha — asos, ustun) — 1) aruzda qisqa, cho’ziq va o’ta cho’ziq hijo (bo’g’in)larning misralarda muayyan tartibda guruhlanib takrorlanishi. Ruknlar juzv(qism)lardan, juzvlar esa qisqalik-cho’ziqlik sifatlariga ega bo’lgan hijolardan iborat bo’ladi. Ruknlardan vaznlar hosil bo’ladi. Muayyn she’r vaznini aniqlashda baytdagi hijolarning qisqa (V), cho’ziq (—) yoki o’ta cho’ziq (—V yoki ~) ekanligi tegishli belgilar bilan chizib ko’rsatiladi; 2) gazeta, jurnal va shu kabilarda biror bo’limning, umumlashtiruvchi mavzuning sarlavhasi; rubrika.