Rukniddin G’ursanchti

Rukniddin G’ursanchti (taxminan 1206-1222) — Muhammad Xorazmshohning o’g’li. Otasi unga Iroq viloyatini boshqarishni topshirgan. Xorazmshoh Muhammad G’ur viloyati bosib olinganligi sharafiga unga «G’ursanchti» nomini bergan. U husnixat sohibi bo’lib, o’smirlik chog’idayoq Qur’oni Karimni o’z qo’li bilan qayta ko’chirgan. Rukniddin G’ursanchti oliyhimmat, adolatli bo’lgan. Mo’g’ullar istilosi davrida Rukniddin G’ursanchti Subutoy Bahodir va Jebe no’yon qo’shinlaridan qochayotgan otasiga yordam berish uchun 30 minglik qo’shin bilan Farrozin qal’asi yaqinida peshvoz chiqqan, so’ngra uni Qorun, Sarjahon qal’alarigacha kuzatib borgan. Rukniddin G’ursanchti Isfahon noibi Jamoliddin Muhammad ibn Oy-Oba isyonini bostirish bilan band bo’lib turganida unga qarshi mo’g’ullar qo’shini kelayotganidan xabar topgan. Rukniddin G’ursanchti Ustunavand qal’asiga o’rnashib olgan. Mo’g’ullar qal’ani qamal qilib egallashgan va Rukniddin G’ursanchtini qatl etishgan. Ad.: Shixabaddin Muxammad an-Nasavi, Jizneopisanie Sultana Djalal addina Mankburni, Baku, 1973; Anushta- gin Xorazmshohlar davlati (1097— 1131), T., 1998.