Rustavi
Rustavi — Gruziyadagi shahar (1948 yildan). Kura daryosi bo’yida. Tbilisi shahridan 27 kilometr Janubi sharqda. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 162 ming kishi (1990 yillar o’rtalari). Rustavida qora va rangli metallurgiya korxonalari, «azot» va «ximvolokno» kimyo ishlab chiqarish birlashmalari, kransozlik, qurilish va yo’l mashinalarini ta’mirlash, ta’mirlashmexanika, metall konstruktsiyalar, tsement, «Tsentrolit» zdlari, uysozlik, temirbeton buyumlar, qurilish materiallari, yog’ochsozlik korxonalari, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari faoliyat ko’rsatadi. Bir necha o’rta maxsus bilim yurti, drama teatri, o’lkashunoslik muzeyi, stadion, sport majmui mavjud. Rustavi yonida Tbilisi issiqlik elektr stansiyasi bor. Shahar metallurgiya zdi qurilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Shaharning Kura daryosi chap sohilidagi tshemila 13-asrda mo’g’ullar tomonidan vayronaga aylantirilgan qadimgi shaharning qoldiqlari aniqlangan.