Rustika
Rustika (lotincha rusticus — oddiy, dag’al) — me’morchilikda devor turi. Binoni bo’rtmali qilib terish yoki to’g’ri burchakli dag’al taroshlanmagan tosh (kvadra)lar bilan qoplash. Binoni hashamatli va mahobatli qilib ko’rsatadi. Rustikaning mahalliy namunalari Ismoil Somoniy maqbarasi, Mir Sayd Bahrom maqbarasi, Sayfiddin Boharziy maqbarasi va boshqa me’moriy yodgorliklarda saqlangan.