Ruta

Ruta (Ruta) — toshbaqatol oilasiga mansub o’simliklar turkumi. Ko’p yillik o’t va chala buta. 60 ga yaqin turi bor, asosan, O’rta dengiz atrofida uchraydi. Bargi 2-3 marta patsimon qirqilgan, ketma-ket joylashgan. Gullari sarg’ishyashil, mayda, to’pguli ro’vaksimon. Mevasi dumaloq ko’sak. Quritilmagan Ruta zaharli bo’lib, yoqimsiz hidi bor. Quritilgan gullari atirgul hidini eslatadi. Yer ustki qismi tarkibida efir moyi (0,1— 0,15%), rutin va boshqa moddalar bor. Dorivor o’simlik sifatida o’stiriladi.