Rux

Rux (lotincha Zincum), Zn — Mendeleev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 30, atom molekulyasi 65,39. Rux tabiatda 5 ta barqaror izotop («Zn, 66Zn, 67Zn, 68Zn, ™ Zn)fl aH iborat aralashma holida uchraydi. Eng ko’p tarqalgani MZn (48,89%). Ruxning 9 ta sun’iy radioaktiv izotopidan faqat 65Zn (T1/2=245 kun) ilmiy tekshirish maqsadlari uchun sanoat miqyosida olinadi. Qadimda mis parchasini rux karbonat va ko’mir bilan birga qizdirib jez tayyorlashgan. Rux dastlab Hindistonda olingan. Rux Yevropada 17-asrda sanoat miqyosida ishlab chiqarila boshlangan. Yer po’stining massa jihatidan 310~3%ni tashkil qiladi. Ruxning muhim minerali sfalerit — aldama rux ZnS dir. Oltoy, Shimoliy Kavkaz, AQSh, Avstraliya, Polsha va boshqa mamlakatlarda yirik Rux konlari bor. Rux och zangori rangli, kumush kabi yaltiroq metall; nam havoda Ruxning sirti oksid parda bilan qoplanadi. Ruxning suyuqlanish temperaturasi 419,5°; qaynash temperaturasi 907°, zichligi 7,133 g/sm3, Rux kimyoviy jihatdan faol metallar jumlasiga kiradi. Kislotalarda yaxshi eriydi; qizdirilsa, ishqorlarda ham eriydi. Yod va oltingugurt bilan xona temperaturasida birikadi. Qizdirilganda Rux faol metallmaslar bilan shiddatli reaktsiyaga kirishadi, metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Uning jez Si, 40% Zn), tompak (90% Si, 10% Zn), neyzelber (65% Si, 20% va 15% Ni) qotishmalari keng qo’llanadi. Rux o’z birikmalarida 2 valentli. Rux oksid ZnO va rux gidroksid Zn(OH)2 amfoter xossaga ega. Rux gidroksid ishqorlar bilan reaktsiyaga kirishganida tsinkatlar, masalan, K2[Zn(OH)2], kislotalarda erib rux tuzlarini hosil qiladi. Rux pirometallurgiya va gidrometallurgiya usullari bilan olinadi. Butun dunyoda ishlab chiqariladigan ruxning 40%i po’latni korroziyadan saqlash uchun sarflanadi. Rux kukuni yordamida kadmiy, mis va nodir metallar birikmalardan ajratib olinadi. Ruxdan ishlangan listlar konstruktsion material sifatida, shuningdek, quruq elementlarning idishlarini tayyorlashda qo’llanadi. Rux birikmalari. Rux oksid, ZnO — ruxning kislorod bilan birikmasi. Oq rangli kristall modda. Zichligi 5,7 g/ sm3; 1800° da sublimatsiyalanadi. Suvda oz eriydi; kislotalarda erib tegishli tuzlarni beradi. Amfoter — ishqorlarda erib tsinkatlar hosil qiladi. Tabiatda tsinkit (kizil rux rudasi) minerali ko’rinishida uchraydi. Sirlar tayyorlashda, oq bo’yoq, kauchuk, tsellyuloza, plastmassa, rezina to’ldirgichlari, tibbiyotda malham va sepma dori sifatida ishlatiladi. Zaharli, uni hidlaganda isitma chiqaradi, bosh og’riydi, ko’ngil ayniydi va yo’tal tutadi. Ruxning 2 ta silikata ma’lum: metasilikat ZnSiO3 — oq rangli geksagonal yoki romb panjarali kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 1429°, zichligi 3,52 g/ sm3 ortosilikat Zn2Si04 (villemit) — oq rangli geksagonal panjarali kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 1510°, zichligi 4,2 g/sm3. Rux silikatlari rux oksidi bilan kvars qumini birga yuqori temperaturada (1350-1400°) kuydirish yo’li bilan olinadi. Shaffof, bo’g’iq rangli, maxsus shisha va sirlar ishlab chiqarishda qo’llanadi. Rux sulfat, ZnSO4 — rangeiz ortoromb panjarali kristall modda; zichligi 3,74 g/sm3. 800-900° da ZnO va SO2 ga ajraladi. Suvdagi eritmalaridan suvli kristallogidrat ZnSO47H2O — rux kuporosi ko’rinishida ajralib chikadi. Viskoza ishlab chiqarishda, bo’yoqchilikda, chitlarga gul bosishda, elektrolitik usulda rux metali olitshda, mikroo’g’it sifatida va tibbiyotda ishlatiladi. Rux sulfid, ZnS — ruxning oltingugurt bilan birikmasi. 2 ta modifikasiyasi bor: a — ZnS (sfalerit) — kub panjarali kristall modda. r — ZnS (vyursit) — geksagonal panjarali kristall modda. Suyukdanish temperaturasi 1850° (150 ATM bosim ostida), zichligi 3,98—4,092 g/sm3, 1185° da sublimatsiyalanadi. Suvda erimaydi, kislotalarda yaxshi eriydi. Sfalerit rux olishda muhim xom ashyo hisoblanadi. Lyuminoforlar komponenti, bariy sulfat bilan aralashmasi oq bo’yoq — litopon olishda, kadmiy sulfid bilan aralashmasi televizor kineskoplari tayyorlashda ishlatiladi. Rux xlorid, ZnCl2 — ruxning xlor bilan birikmasi, rangsiz kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 318°, qaynash temperaturasi 732°, zichligi 2,91 g/sm3. Suvda yaxshi eriydi. Rux kontsentratiga osh tuzini qo’shib qizdirish, haydash va uni chang holida tutib yig’ish, shuningdek, rux oksidi yoki metall bo’laklariga xlorid kislota ta’sir ettirish, so’ngra bug’latish usullari bilan olinadi. Yog’ochni chirishdan saqlashda shimdiriluvchi tarkib sifatida, metallarni payvandlashda (oksid pardalardan tozalashda), pergament ishlab chiqarishda qo’llanadi. Ad.: Rahimov X.R., Anorganik ximiya, T., 1984; Parpiev N.A., Rahimov X. R., Muftaxov A. G., Anorganik kimyo, T., 2003. Rustam Ma’rupov.