SABOH

SABOH, Shayx Jobir alAhmad Al- Jobir Assaboh (1928.29.6, Kuvayt sh.) — Kuvayt davlat arbobi. Kuvaytdagi hukmron AsSabohlar oilasining 13-amiri. Xususiy tartibda Arab tili va adabiyoti, tarix, ingliz tili va boshqa fanlarni o’qigan. Faoliyatini 1949 yilda Ahmadi viloyati hokimligidan boshlagan. So’ng moliya va sanoat boshqarmasi rahbari (1959-61), Kuvayt moliya va iqtisod vaziri (1961-63), bosh vazir o’rinbosari (196365), bosh vazir (196577). 196677 yillarda Kuvayt davlati valiahdi, 1977 yil 31 dekabrdan amiri.