SABZAVOT BO’ZTIKANI

SABZAVOT BO’ZTIKANI, poliz bo’ztikani (Sonchus oleraceus L.) — murakkabguldoshlar oilasiga mansub bir yillik begona o’t. Poyasi tik, sust shoxlanadi, bo’yi 30-80 santimetr. Barglari patsimon kesilgan, yashil. Gullari sariq, sa vatcha to’pgulga yig’ilgan. Maysalari erta bahorda unib chiqadi. Aprel mayda gullaydi, may—iyunda mevalaydi. Urug’lari juda unuvchan. Unishi uchun eng qulay harorat 15-25°, lekin bundan yuqoriroq haroratda (35° gacha) urug’i yaxshi unadi. Ildizi o’q ildiz. O’q ildizidan ko’plab yon ildizlar chiqaradi. O’rta Osiyoda tarqalgan. Sug’oriladigan barcha ekinzorlarda (ko’proq bedazorlarda) begona o’t tariqasida uchraydi. Kurash choralari: yerni kuzda shudgorlash; makkajo’xori dalalarida simazine va paxta maydonlarida gerbiiidlardan kotoraya, kotofor yoki prometrin purkaladi.