Sadaqa
Sadaqa-musulmonlarda faqirlarga xayr-ehson tariqasida beriladigan hadya. Sadaqa qattiq kasallik, yomon tush, qo’qqisdan biror falokatga yo’liqish natijasida yuz beradigan kulfat va musibatning oldini olish maqsadida berilgan. Shuningdek, biror xursandchilik munosabati bilan, sayohat yuzasidan sadaqa berish ham rasm bo’lgan.