«Saddi Iskandariy»

«Saddi Iskandariy» («is- Kandar devori») — «Xamsa» (Navoiy) ning yakunlovchi dostoni (1485). Asar 89 bob, 7215 baytdan iborat bo’lib, Navoiy ijodidagi hajman eng yirik epik asar- dir. Doston aruzning mutaqorib bahrida turkiyda yozilgan. Xamsanavislikning buyuk namoyandalari: Nizomiy Ganjaviy, Xisrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar Iskandar to’g’risida Doston yozib, o’z «Xamsa»lariga kirit- ganlar. Dastlab musulmon dunyosida Qur’oni Karimning Kahf surasida nomi zikr etilgan hukmdor Zulqarnayn (Ikki shoxli, 18sura, 83 —98oyatlar) hamda yunon sarkardasi va davlat arbobi Aleksandrii bitta shaxs deb bilishgan va u sharkda Iskandar Zulqarnayn nomi b-n mashhur bo’lgan. Mazkur Iskandar- nomalarga Iskandar timsolidagi Alek- sandr faoliyati mavzu qilib olingan. Ammo asarlarda Iskandar timsoli ta- rixiylikdan tobora uzoqlashib, badiiy to’qima obrazga aylana borgan. Har bir xamsanavis Iskandar timsolida o’z IDE- allarini talqin etishga harakat qilgan. Navoiy o’z asari avvalida, salaf- laridan farqli o’laroq, tarixiylikka, ko’proq tarix kitoblariga tayanib ish ko’rganini yozadi. Navoiy bu o’rinda o’z asarida Iskandar haqidagi boblar iz- chilligining Qur’ondagi Zulqarnayn haqidagi oyatlarga hamda tarixiy shaxs Aleksandr faoliyatiga muvofiq keli- shini nazarda tutgan. Dostonning «S. I.»deb nomlanishida ham Qur’oni ka- Rimning Navoiy uchun birlamchi manba bo’lganligi seziladi. Navoiy talkinida Iskandar Odil shoh, u dunyoni kufrdan, jaholatdan to- zalab, butun dunyoda adolatni joriy etish, bashariy tartibqoidalarni katta olamdagi tartibqoidalarga muvofi- klashtirish maqsadida xalqlar ustiga yurishlar qilgan. Bu esa sufiyona talqin bo’lib, dostondagi muqaddima boblar, Iskandar voqealari hikoya qilingan boblar hamda unga ilova boblarda ham shoirning tasavvufiy qarashlari ustu- vorligini ko’rish mumkin. Mas, Iskan- dar shisha sandiq yasab, dengiz tubiga tushadi, turfa ajoyibotlarni ko’rib, vataniga qaytadi. U vafot etar ekan, bir qo’lini tobutdan chiqarib qo’yishlarini so’raydi. Asarda Navoiy insonni bu fo- niy dunyo hoyu havaslariga ortiqcha ruju qo’ymaslikka chaqirib, garchi Iskandar jahonni egallagan Jahongir bo’lsada, u narigi dunyoga hech narsasiz ketayotganli- giga ishora qiladi. Doston turkiy adabiyotda ko’plab na- ziralar yozilishiga turtki bo’lgan (Abay, «Iskandar», 19-a.; Shayxzoda, Iskandar Zulqarnayn», 20-a. va b.). Iskandar obra- zi she’riyatda an’anaviy obrazga aylan- gan. Abduvohid Hayitov.