Sa’diev Xayrulla Habibovich

Sa’diev Xayrulla Habibovich — (Toshkent) — O’zbekiston rassomlik. san’ati in-tini tugatgan (1963). 1963— 86 y.larda yosh tomoshabinlar teatri- da, 1986 y.dan satira teatrida aktyor. S, asosan, komik aktyor bo’lib, drama- tik, xarakterli rollarni ham me’yori- ga etkazib ijro etishi, o’tkir satiric va lirik portretlar ustasi sifatida ajralib turadi. Maneko («Polizdagi voqea») uning sahnada yaratgan ilk ob- razidir. Keyinchalik Xlestakov («Re- vizor»), Dartan’Yan («uch mushketyor»), Konfetvoy («Suqatoy Konfetvoy»), Ali («Ali va Vali»), mushuk («etik kiygan mushuk»), Mishka Dadone («tosh- kent — non shaxri»), Shum bola («Shum bola»), Afandi («Afandining yoshli- gi»), Yusuf («Tobutdan tovush») kabi rollarni ijro etib Shuxrat qozondi. Kino («Akmalning sarguzashtlari»da ertakchi chol; «shiddat»da Mamat; «xo- razm afsonasi»da masxaraboz; «To’ylar muborak»da kuyovning do’sti; «Ars- lonning sarguzashtlari»da qo’rqinch; «Xumcha»da choyxonachi; «Marg’iyona»da masxaraboz; «Alpomish»da Toychaxon; «Meshpolvon»da Rayhon qiziq va b.), te- levizion spektakl va filmlarda (Shum bola, «Shum bola»; Anvar, «izlayman»; Sobir, «Uchrashuv», Jalil, «Shaytanat» kabi) ham suratga tushgan. Maxsus teat- rlashgan dasturlarda Afandi, asabiy odam, lektor kabi obrazlar yaratgan. S, shuningdek, televizion miniatyuralar teatrining doimiy katnashchisi.