Sa’diy Sheroziy
Sa’diy Sheroziy (taxallusi; asl ism-sharifi Muslihiddin Abu Muhammad Abdullox. ibn Mushri- fiddin) (1203/1210 Sheroz 1292.9.12) forsigo’y shoir, adib va mutafakkir. Sharq xalqlari orasida Shayx Sa’diy nomi b-n mashhur. Otasi Sheroz Otabegi Sa’d binni Zanjiyning mulozimlari- dan bo’lgan. Otadan yosh etim qolgan S. boshlang’ich ma’lumotni tug’ilgan shahri Sherozda olgach, tahsilni xalifalik- ning poytaxti, ilm va madaniyat Mar- kazi bo’lgan Bag’dodda davom ettirgan. «Nizomiya» va «Mustansiriya» madra- salarida diniy, filologik, tabiiy va aniqfanlarni o’rgangan. O’z davrining dongdor mutasavvifi va faylasufi Shahobiddin Suhravardiy hamda yirik ilohiyotshunos Abdulfaraj Abdurahmon ibn Jazviy qo’lida tahsil olgan. Madrasani tugatgan S. Sharq mamla- katlari bo’ylab 20 yillik sayohati davo- mida, kichik Osiyo ya.o., Misr, Xuroson, Sharqiy Turkiston, Hindiston kabi mamlakatlarni ba’zan ulovda, ba’zan piyoda kezib chiqqan. Qiyinchiliklar b-n kechgan bu sayoxatlarida S. hayot ilmini chuqur o’rganib, inson fe’lini butun murakkabligi b-n anglab, o’z davrining ko’pni ko’rgan donishmand kishisi bo’lib etishgan. 13-a. o’rtalarida Sherozga Kay- tib kelgan S. dunyo tashvishlaridan o’zini chetga olib, shahar chekkasidagi Shayx Abu Abdulloh Hafif xonaqosida faqirona hayot kechirgan. Fors-tojik adabiyotida S. maqomi juda yuksak. Xususan, Damashqda «Bo’ston» («Sa’diynoma», 1257) va she- rozda «Guliston» (1258) asarlarini yozgan va sherozlik hukmdor Abubakr ibn Sa’d (1226-60) ga takdim qilgan. S. g’azalni mustaqil janr darajasi- ga ko’targan. U g’azalchilikdagi o’zigacha olib borilgan tajribalarni rivoj- lantirib, takomilga etkazgan, keyin bu janrni Hofiz Sheroziy yuksak cho’qqiga olib chiqdi. S. g’azallari 4 devondan iborat bo’lib, ular «tayyibot» («Latif g’azallar»), «Badoe'» («yangi g’azallar»), «Xavotim» («xotima g’azallar») va «g’azaliyoti qadim» («eski g’azallar»)dan iborat. S 2 tilda yoziladigan she’r turi — mulamma’ (shiru shakar)ning ham asos- chisi. Arab tilini yaxshi bilganligidan u Arabcha misra va baytlarni forsiy b-n uyg’unlashtirib, ushbu shaklni ixtiro qilgan. S. tarje’band janrini ham ri- vojlantirgan. S. fors-tojik badiiy na- srining ham asoschisi hisoblanadi. Unga- cha faqat maktublar, hujjatlar, ilmiy va tasavvufiy asarlar, adabiy xarakterda- gi tarixiy lavhalargina nasrda yozilgan. Bundan tashqari, shoirning «Sohibiya» asari, Arabcha va forscha qasidalari, qit’a, ruboiy va fardlari ham mashhur. Uning asarlari o’sha davrda yaratilgan 2 «Kulliyot»i orqali saqlangan. Biri shoir vafotidan 37 y. so’ng Ali binni Ahmad binni Abubakr Besutun gomo- nidan tuzilgan «Kulliyot» bo’lib, 19 bo’limdan iborat. Kitobning kirish qismida to’plovchi «Kulliyot» usti- da 7 y. ishlaganligini, ko’pchilikning maslahati va yordami b-n bu ishni amal- ga oshirganini yozadi. Ikkinchi «Kulli- yot» 13-a.ga oid bo’lib, kim tomonidan to’planganligi yozilmagan. Shu 2 man- ba asosida Eron olimi Muhammadali Furo’g’iy S. «Kulliyot»ini nashr ettirgan (1941). «Kulliyot»ga, diniyfalsafiy, na- sriy asarlardan tashqari, «Guliston», «Bo’ston», «Arab qasidalari», «Fors qasidalari», «Tarjibband», shuningdek, 4 devoni kiritilgan. Asar 18 bo’limdan iborat bo’lib, 10 dan ortiq janrdagi asarlarni o’z ichiga oladi. Bir umr xalq ichida yashagani, hayotning butun achchiqchuchugini totgani uchun ham S. asarlari boshqa Sharq shoirlaridan hayratlanarli darajada hayotiyligi b-n alohida ajralib turadi. «Bo’ston» va «Guliston» hayotiy hikoyatlardan tash- kil topgani, donishmand shoirning bu hikoyatlar so’ngida qissadan xissa tar- zida keltirgan she’rlari Real turmush- dan chiqarilgan xulosalar ekanligi b-n jahon ilmu adab ahlini birday o’ziga tortib kelmoqda. BMT ning tinchlik Ken- gashi binosi peshtoqiga «Guliston»dan olingan quyidagi misralar bitilgan: «Odam bolalari ibtidoda bir gavhardan bino bo’lganlari tufayli yaxlit bir Vu- jud kabidirlar. Binobarin, zamon uning bir a’zosiga jarohat etkazsa, boshqa a’- zolari ham o’z tinchini yo’qotadi». S. o’zidan keyingi Sharq adabiyotiga kuchli ta’sir ko’rsatgan. Shoir asarla- ri qadimdan o’zbek xalqi orasida ham mashhur. «Bo’ston» va «Guliston» ma- drasalarda asosiy darsliklar qatorida o’qitilib kelgan. Navoiy «Devoni Foniy»da S. g’azaliga 22 ta tatabbu’ qilgan. Navoiyning «Mahbub ulqulub», Avloniyning «turkiy Guliston» asar- lari bevosita S. ta’sirida yaratilgan. «Guliston» 1390-91 y.dayoq Sayfi sa- royi tomonidan «Gulistoni bitturkiy» nomi b-n o’zbek tiliga ijodiy tarjima qilingan. 19-a. 2-yarmida Ogahiy, 1909 y. Murodxo’ja domla, shuningdek, Sidqiy Xondayliqiy, G’afur G’ulom, Muinzoda, Shoislom Shomuhamedov, Rustam Komi- lovlar o’zbek tiliga tarjima qilganlar. «Bo’ston» asari Chustiy tarjimasida nashr etilgan. 1958 y. Butunjahon Tinchlik qo’mitasining qarori b-n «Guliston»ning 700 y.ligi xalqaro miqyosda keng nishon- langan. Ac: Bo’ston, T., 1960; Guliston, T., 1968; Sa’diy Sheroziy she’riyatidan, T., 1976; Guliston (Ogahiy tarjimasi), T., 1993. Ad.: Shomuhamedov Sh., Sa’diy She- Roziy, T., 1964; Shomuhamedov Sh., Fors- tojik adabiyoti klassiklari ijodida gumanizm, T., 1968. Ergash Ochilov.