Sadr

Sadr (Arab. — qalb, ko’krak) — 1) motam odati. Maxsus kuy (usul) b-n ijro etilgan. Aksariyat yigit, kelinchak, vo- yaga etgan qiz vafot etganda 1— 7 kunla- ri «qirqi»gacha dam-badam o’tkazilgan. Unga ta’ziya uchun ayollar katnashgan. Motamzadalar — marhumning yaqinlari o’rtaga tushganlar va goh old-orqaga, goh ikki yonga sollanib ta’sirli iboralar aytib, marhumni eslaganlar. Mas, er va- FOT etganda marhumning xotini erining do’ppisini kiyib, belbog’ini bog’lab, el- kasigi choponini tashlagan holda o’rtaga tushgan. Motamzadalar har bir bayt yoki iborani aytganda davradagilar ikki yonga sollanib «huv! Huv!»degan ovoz chiqarib turganlar. Yig’i so’zlarini go’yanda, ba’zi joylarda marhumning yaqinlari aytgan. S. oxirida marxum xo- tirasiga fotiha O’qilgan; 2) ma’lum do- ira usuli va unga mos cholg’u kuylar nomi. «Shodiyona» kuylar turkumining 5-qismi ham S. deb ataladi. Maqomlar asosida yaratilgan Sadri Dugoh murakkab chapan- doz doira usulida ijro etilib, Buzruk- dagi Talqinchai Navro’zi Sabo shoxobcha- siga ohangdosh. Xorazmda mashhur dutor maqomlaridan biri esa Sadri Iroq deb ataladi; 3) zikrning eng jo’shga kelgan holat; jazava (gir aylanish, sakrash) ham S. deb ataladi.