«Sahihi Termiziy», «Sunani Termiziy»

«Sahihi Termiziy», «Sunani Termiziy» — 6 ta ishonchli hadis to’plamidan biri. Abu Iso Muhammad Termiziy yozgan. «alJomi’assaqih» («Ishonarli to’plam»), «alJomi’ ulkabir» («katta to’plam») nomlari b-n ham yuritiladi. «S.T.»Termiziyning 20 y. davomida o’zga yurtlarda hadislarni o’rganib, yig’ib, so’ng ustozi va zamondoshi Buxoriy b-n maslahatlashib yiqqan to’plamidir. U tartibi eng ixchamligi, takrori eng ozligi b-n ajralib turadi. Unda boshqa hadis kitoblarida uchramay- digan xususiyatlar bor. Chunonchi, har bir bobning hadisi zikr qilingandan keyin, xuddi shu bobga tegishli hadis rivoyat qilganlarning ismlari sanab o’tiladi; fiqhiy masalalarda faqixlarning fikrqarashlari zikr qilinadi; har bir hadisning ishonarlilik va zaiflik da- rajasi aniqlab beriladi va «sahih» ustiga «Hasan» belgisi («juda sahih», «beshak sahih» ma’nosida) kiritiladi. «S.T.»kitobida Imomi A’zam mazhabi jihatlari e’tiborga olingan. 6 jilddan iborat «S.T.»1jildining O’zbekcha tar- jimasi 1999 y. Toshkentda nashr etildi.