SAID ALOVIDDIN MAQBARASI

SAID ALOVIDDIN MAQBARASI — Ichan qal’adagi me’moriy Yodgor- lik (14-a.). So’fi Amir Kulol tomo- nidan ustozi Shayx Aloviddin qabri ustiga qurilgan. Maqbara (13,0×10,4 m) peshtoqli, ziyoratxona va go’rxonadan iborat. 14-a. 1-yarmida peshtoqi Jan. ga qaratib go’rxona bunyod etilgan. Go’rxonaning g’arbida ziyoratxona (18- a.) qad rostlagan. Xonalar gumbaz tom- li, ziyoratxonaga poygumbaz darchasidan yorug’lik tushib turadi. Ichkarisi ganch suvok, qilingan. Go’rxonadagi sag’analar bo’rtma koshinkor naqshlar b-n bezatil- gan. Ularning birida Arab yozuvida Said Aloviddinning vafoti yozilgan (1303 y. 18 mart). Sag’ana supa shaklida bo’lib, burchaklarida bejirim ustunchalar bor, ular piromoni bandi Rumiy deb ataluvchi handasiy shaklga ega. Supa devorlarida- gi madohilsimon namoyon nafis ishlan- gan. 1825 y.da me’mor Hubbiqulixo’ja o’g’li Hamidxo’ja tomonidan qulab tushgan peshtoqi qayta tiklanib, gum- baz, sag’ana, ziyoratxona devorlari ta’- Mir qilingan. Ziyoratxona devorlarida fors tilida (Arabcha nasta’liq yozuvi- da) binoning qurilishi va me’morlari to’g’risida ma’lumotlar berilgan. 1957 y.da I.Notkin va V.Bulatova tomoni- dan ilmiy jihatdan o’rganilgan. Xiva sh.ning 2500 y.lik yubileyi arafasida maqbarada ta’mirlash ishlari o’tkazildi.