Saidjonov Muxtorjon Yo’ldoshevich
Saidjonov Muxtorjon Yo’ldoshevich (1893, Buxoro 1937.25.10, Toshkent) — Buxoroda jadidchilik xara — katining namoyandasi, siyosat va jamoat arbobi. Buxoro madrasalarida tahsil ol- gan. Yosh buxoroliklar partiyasi MK a’zo- si (1917 y.dan). Kolesov voqeasiaan so’ng, Yosh buxoroliklardan ajralyb chiqqan. BXSR ichki ishlar noziri (1920 y. sent. — 1921 y.may; 1922 y. mart 1923 y. avg.), davlat nazorati noziri (1920 y.noyab. 1921 y.may), BXSRning RSFSR hukumati huzuridagi maxsus vakili (1921 y. may — 1922 y.mart), BXSR MIK mas’ul ko- tibi (1923 y. avg. — 1924 y. okt.). «Mil- liy Ittihod» tashkilotining Buxoro sho»basida faoliyat ko’rsatgan (1920— 22). O’rta Osiyoda milliy-hududiy che- garalanish o’tkazilgach, Zarafshon okrug ijroiya qo’mitasi raisi (1925). «O’n sak- kizlar guruhi»ning faol ishtirokchisi sifatida VKP (b) MK O’rta Osiyo byuro- sining O’zbekistondagi faoliyatini ke- skin qoralaganligi uchun 1925 y. oxirida lavozimidan olib tashlandi. Keyincha- lik «O’zbekkino» tresti boshqaruvchisi (1936 y.gacha). S. sovet rejimi tomoni- dan qamoqqa olinib (1937 y. 20 mart), akasi Musojon Saidjonov va buxorolik boshka milliy rahbarlar b-n birgalikda (jami 17 kishi) otib tashlangan. 1965 y. 2 dek.da oqlangan. Ad.: Xo’jaev F., Buxoro inqilobining tarixiga materiallar, T., 1997; Ergashev B. X., Ideologiya nasionalnoosvobodi- telnogo dvijeniya v Buxarskom emira- te, T., 1991; Rajabov K,., Buxoroga kizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T., 2002.