Saidov Mannon Abdusamadovich
Saidov Mannon Abdusamadovich (1923.21.4 Toshkent 200L27.7) rang- tasvir ustasi, pedagog, O’zbekiston Ba akad. (1999), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1968). Toshkent badiiy bilim yurtini (1947) va Lenin- graddagi Repin nomidagi rassomlik, haykaltaroshlik va me’morlik in-tini (1953) tugatgan. 1953 y.dan Benkov no- midagi Respublika rassomlik bilim yurti, 1956 y.dan Toshkent ped. in-tida pedagog; 1960 y.dan Toshkent teatr va ras-somlik san’ati in-tida pedagog, dosent (1968), prof. (1985). S. asarlarida o’zbek dehqonlari va ishchilarining turmushi va mehnati, ularning o’ziga xos qiyofasi yorqin realistik ifodasini topgan: «Ishchi Muhiddinov portreti» (1959), «Uzum uzish» (1964), «savodsizlikni tu- gatish» (1967), «Askiya» (1969), «oila» (1970), «Xirmonda» (1974), «Kontsertga» (1977), «birinchi» (1983) va b.