Saidov Murodulla

Saidov Murodulla (1935.25.4, hoz. Mirishkor tumani Jeynov qishlog’i) — q.x. ishlab chiqarishi tashkilot- chisi. O’zbekiston Qahramoni (2002), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan qishloq xo’jaligi xodimi (1999). Samarqand qishloq xo’jaligi in-ti Agronomiya ftini tugatgan (1957). 195770 y.larda Beshkent, Denov tumanlaridagi jamoa xo’jaliklarida agronom, qarshi tuma- ni ijroiya qo’mitasiraisi(1970-72). Qashqadaryo viloyati q.x. boshqarmasi boshlig’i (1972-73), Kasbi tumani par- tiya qo’mitasining 1-kotibi (1973-75), 1975-86 y.larda turli xo’jaliklarda rahbarlik lavozimlarida ishladi. 1986 y.dan u. Yusupov (hoz. Mirishkor) tu- manidagi Jeynov shirkat xo’jaligi boshqaruvi raisi. S. rahbarligida xo’jalik katta iqtisodiy yutuklarga erishdi. Xo’jalik yuritishning yangi usul- laridan foydalanish, aholining turmush darajasini ko’tarish va farovonligini oshirishda muhim ishlar amalga oshiril- Di. Xo’jalikda sut mahsulotlarini qayta ishlaydigan qo’shma korxona, o’rta maktab binolari, madaniyat saroyi, yoshlar sport majmuasi, bolalar bog’chalari, choyxona- lar, kasalxona, savdo markazlari, dehqon bozori, maishiy xizmat ko’rsatish uyi, 100 oilaga mo’ljallangan kooperativ uyjoy binolari qurildi. Qishloqlarni obodonlashtirish, tabiiy gaz va toza ichimlik suv b-n ta’minlash ishlari ba- jarildi. Amir Temur nomidagi 60 gek- tarli bog barpo etildi. O’zbekiston Re- spublikasi Oliy Kengashining deputati (1990— 94), «mehnat shuhrati» ordeni b-n mukofotlangan (1999).