Saidqosimov Po’lat
Saidqosimov Po’lat (1931.8.10, Toshkent) — O’zbekiston xalq arti- sti (1979). Toshkent teatr va rassom- lik san’ati in-tini tugatgan (1954). 1954— 57 y.lar H.Olimjon nomidagi Samarqand teatrida, 1957 y.dan Hamza (hoz. O’zbek milliy akademik drama) teatrida aktyor. Keng ko’lamli, turli echimdagi, psixologik murakkab rollar- ga moyillik, inson ma’naviy dunyosini chuqur taxlil qilish S. iste’dodiga xos bo’lib, obrazlari sodda va tabiiyligi, mukammal sahna nutqi, aktyorlik ifo- da vositalarining lo’ndaligi b-n AJ- ralib turadi. «Xolisxon»dagi Rustam S.ning sahnada yaratgan ilk obrazidir. Po’lat (O. Yoqubov, «yurak yonmog’i ke- rak»), Abdullatif («Mirzo Ulug’bek»), Ilyos (Ch. Aytmatov, «sarvqomat dilba- Rim»), Edgar (u. Shekspir «Qirol Lir»), Karimjon (A.Qahhor, «Ayajonlarim»), Salimboyvachcha (Oybek, «qutlug’qon»), Avrangzeb (Uyg’un, «Zebunniso»), So- birov (I. Sulton, «Imon»), Sag’diev (O. Abdullin, «un uchinchi rais»), zarga- rov (A. Muxtor, «Saxro tor»), bobo (u. Azim, «bir kadam yo’l») kabilar teatrda yaratgan eng yaxshi rollaridir. Kinoda Mahkam («muhabbat mojarosi»), be- runiy («Abu Rayhon Beruniy»), Zavqiy («Olovli yo’llar»), G’afurov («ilondan saqlan»), Ilyos ota («tong otguncha») va b.; telefilmda Otaqo’zi («diyonat»), Mir- zakarimboy («qutlug’qon»), Muhammad chatoq («girdob»), Cherkashin («Ichkuyov»), To’g’onbek («Alisher Navoiy»), Abdulla- TIF («Ulug’bek xazinasi») kabi bir qancha rollarni ijro etgan. «El-yurt hurmati» ordeni b-n mukofotlangan (2001).