SAIDRIZO ALIZODA

SAIDRIZO ALIZODA (1887 Samarqand — 1945, Vladimir sh.) — ma’rifatparvar olim, jurnalist, tar- jimon. Asarlarini, asosan, o’zbek va tojik tillarida yozgan. Ilk tahsilni Samarqandning chorraha dahasida Abulqosim Alganjiyning jadid MAK- tabida olgan. Sung shu murabbiy qo’lida madrasani tugatgan. 1924 y.dan «za- rafshon» nashriyotida mudirlik qilgan. 30y.larda Samarqand Pedakademiyasida Arab va fors tillaridan dars bergan. Mustaqil mutolaa b-n shug’ullanib, rus, frantsuz, Arab, italyan, yahudiy, kurd, arman, ingliz, urdu tillarini urgan- gan. 17-18 yoshlaridayoq «nizomnoma» (1904), «Risolat ulittihodiya» (1906) kabi risolalari b-n tanilgan. Ayni paytda 1905-07 y.larda Dimurovlar bosmaxonasida harf teruvchilik qilgan, maqolalar yozgan. Jadid maktablari uchun «Ilmi hisob» (Samarqand, 1906) Darsli- gini tuzgan. Maqolalari «Bahlul», «Zam- bur», «Korgar», «sitamdiyda», «Mulla Jambul», «Ranjbar», «Bog’ishamoliy» kabi taxalluslar b-n bosilgan. 1913— 15 y.larda Behbudiyning «oyna» jur. da yaqindan hamkorlik qilgan. 1917-20 y.larda o’zbek va tojik maktablari uchun «Alifbe» kitoblari tuzib nashr ettir- gan. «Baxt asri» romani ham bor. Push- kin («Dubrovskiy», «kapitan qizi»), Lev Tolstoy («Tirilish»), Mopassan («Do’ndiq»), Qodiriy («utgan kunlar», «Mehrobdan chayon») asarlarini tojik- chaga tarjima qilgan. Samarqand sh.da uy-muzeyi bor, maktab, ko’cha, mavze uning nomi b-n ataladi. 1937 y.da kamalgan va siyosiy mahbuslikda vafot etgan. Begali Qosimov.