SAKAI
SAKAI — Yaponiyadagi shahar. Xonyu orolining Janubiy qismida aholisi 792 ming kishi (2000). Transport yo’llari tuguni. Yirik port. Rangli metallurgiya sanoatining qadimgi markazlaridan. Metallurgiya va neft kimyosi, turli mashinasozlik, to’qimachilik sanoati korxonalari, issiqlik elektr stansiyasi bor. Sakaida qadimdan gilam to’qiladi, metall buyumlar tayyorlanadi. Sakai qo’lyozmalarda 716 yildan tilga olingan. Muzeylarida qadimgi yapon hunarmandchiligining nodir yodgorliklari saqlangan.