Sakatekas
Sakatekas — Meksikaning Markaziy qismidagi shtat. Maydoni 75 ming km2. Aholisi 1,3 million kishi (2000). Ma’muriy markazi — Sakatekas shahri. Sakatekas Meksika tog’ligida joylashgan. Iqlimi tog’tropik, quruq iqlim. O’rtacha oylik temperaturalar 9-25°. Yillik yog’in 500 mm gacha. Kserofit o’simliklar o’sadi. Xo’jaligida qishloq xo’jaligi yetakchi tarmoq. Mevazorlar bor. Tog’ etaklarida chorvachilik rivojlangan. Polimetall ruda konlari bor. Rangli metallurgiya, oziq-ovqat, to’qimachilik sanoati korxonalari ishlab turibdi. Sakatekas orqali Mexiko shahrini mamlakatning shimoliy Shtatlari bilan bog’lovchi temir yo’l va avtomobil yo’llari o’tgan.