Saksin

Saksin — Volga daryosining quyi oqimi bo’yidagi o’rta asr shahri. Arab geograflari (10-14-asrlar) tomonidan katta savdo shahri sifatida qayd etilgan. Aniq joylashgan yeri noma’lum. Ba’zi olimlar uni ilgari Itil shahri bilan qiyoslasalar, boshqalari uni Saroybotu yoxud Saroy Berka o’rnida bo’lgan deb biladilar. Saksin Itildan so’ng Xazar xoqonligining poytaxti bo’lgan. 11-asrda vayron qilingan. 12-asrda qayta tiklangan va 14-asrda ham mavjud bo’lgan. Saksin va Bulg’ordan xorijiy mamlakatlarga mo’yna chiqarilgan.