SALIMOVA RAVILYA NADJIMOVNA

SALIMOVA RAVILYA NADJIMOVNA (1941.8.9, Sho’rchi tumani) — basketbolchi, 3 karra jahon chempioni (1964-67). Xizmat ko’rsatgan sport ustasi (1964), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan sportchi. O’zbekiston jismoniy tarbiya institutini tugatgan (1965). 1959-71 yillarda basketbol bo’yicha SSSR terma jamoasi va O’zbekiston masterlar jamoasi o’yinchisi, «mehnat» jamoasining sardori. 6 marta Yevropa chempioni, 4 marta jahon universiadasining g’olibi (1960-68). 1971-87 yillarda basketbol bo’yicha sport ustozi. Toshkent shahri Kasaba uyushmalari qaramog’idagi Ravilya Salimova nomidagi basketbol bo’yicha maxsus bolalar-o’smirlar sport maktabi direktori (1987 yildan).