Salohiddinov Mahmud Salohiddinovich

Salohiddinov Mahmud Salohiddinovich (1933.23.11, Naman- gan sh.) — matematik olim, O’zbekiston FA akad. (1974), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1984), fizikamat, fanlari D-ri (1967), prof. (1969). Urta Osiyo un-tining fizikamatematika FTI- ni tugatgan (1955), shu un-tda aspirant (1955— 58) va matematik analiz kafe- drasida o’qituvchi (1958 — 59), diffe- rentsial tenglamalar kafedrasi mudiri (1980-86, 1993-96). O’zbekiston FA Matematika in-tida ilmiy xodim, bo’lim mudiri, ilmiy ishlar bo’yicha direk- tor o’rinbosari (1959-67), direktori (1959-85), O’zbekiston FA viseprezi- Denti (1984-85), O’zbekiston Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri (1985 — 88), O’zbekiston FA prezidenti (1988— 94). O’zbekiston FA fizikamatemati- ka fanlari bo’limi raisi (1994-97). O’zbekiston FA matematika in-tida bo’lim mudiri (1974 y.dan), UzMU prof. (2000 y.dan). Ilmiy ishlari chiziqli bo’lmagan Xu- susiy hosilali differentsial tenglama- lar tizimi uchun Koshi masalasitl hal qilishga, chegarada buziladigan diffe- rentsial tenglamalar uchun qo’yilgan che- garaviy masalalar nazariyasiga, nazariy va ama;iy ahamiyatga ega bo’lgan aralash hamda aralashqo’shma tipli tenglamalar nazariyasiga oid. S. aralashqo’shma tipli differentsial tenglamalar nazariyasini rivojlantirib, ularning to’la tadriji va kanonik ko’rinishlarini topgan, har bir xrl uchun bir qancha yangi masalalar qo’yib tekshirgan. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureate (1974). As: kompleks o’zgaruvchining funktsi- yalari nazariyasi, T., 1970 (hamkorlikda); Uravneniya smeshannosostavnogo tipa, T., 1974; matematik fizika tenglamalari, T., 2002.