Saloriylar, Musofiriylar

Saloriylar, Musofiriylar — 10-11-asrlarda Ozarbayjonda hukmronlik qilgan eronliklar sulolasi. Dastlab arablar istilosi davrida Day-Lam viloyatini mustaqil boshqarganlar. 10-asrning 40-yillarida Marzubon Saloriy Ozarbayjonni va Arronning bir qismini bosib olib Saloriylar sulolasiga asos soldi. 971 yil kurdlarning Shaddodiylar sulolasi Sni Arrondan haydab chiqardi. 981 yil ravvodiylar sulolasi Ibrohim Saloriy ustidan g’alaba qozonib, Tabriz shahrini poytaxt deb e’lon qildi. Shu bilan Saloriylar sulolasi barham topdi.