Saluin, Saluen
Saluin, Saluen (tibetcha Nagchu, xitoycha Nuszyan) — Xitoy va Myanma dagi daryo, qisman Myanma bilan Tailand o’rtasida chegara vazifasini o’taydi. Uzunligi 3200 kilometr, havzasining maydoni 325 ming km2. Tangla tizmasidagi muzliklardan boshlanadi. Yunnan va Shan tog’liklaridagi chuqur daralarda sharshara va ostonalar hosil qilib oqadi. Quyi qismida sohil bo’yi tekisligida oqib, Andaman dengiziga quyiladi. O’rtacha suv sarfi 6700 m3/sek., yozda suvi toshadi. Quyi oqimda kema qatnaydi. Quyilish yerida molamyayn dengiz porti joylashgan.