SAMARIY

SAMARIY (lotincha Samarium), Sm — Mendeleev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element. Lantanoidlarga kiradi. Tartib raqami 62, atom molekulasi 150,36. Samariy — kumush kabi oq metall, suyuqlanish temperaturasi 1072°, zichligi 7,54 g/ sm3. Ilk bor 1879 yilda Uralda topilgan samarskit mineralidan ajratib olingan. l49Sm izotopi yadrosi sust neytronlarni o’ta kuchli yutish xususiyatiga ega bo’lganligi sababli Samariy yadro reaktorlarining moslovchi o’zaklarida ishlatiladi. Samariyning kobalt bilan intermetall birikmasi SmCo5 asosida juda quvvatli o’zgarmas magnitlar tayyorlash mumkin.