Samarqand avtomobilchi komandir-muhandislar oliy harbiy bilim yurti
Samarqand avtomobilchi komandir-muhandislar oliy harbiy bilim yurti — O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga harbiy komandir-muhandislik mutaxassilar tayyorlovchi bilim yurti. 1969 yil 20 noyabrda tashkil toptan. Bilim yurtida oliy harbiy-maxsus ma’lumotga ega avtomobil bo’linmalari komandirlari, avtomobil texnikalarining ekspluatatsiyasi va ta’mirlanishi bo’yicha komandir o’rinbosarlari, sapermuhandislik bo’linmalari komandirlari, ta’minot ishlari bo’yicha ofitser mutaxassislar, shaxsiy tarkib bilan ishlash va madaniy-ma’rifiy ishlar bo’yicha ofitserlar tayyorlanadi.