Samarqand ertagisi
Samarqand ertagisi – eng ertapishar mahalliy olma navi. Xalq selektsiyasida Samarqand shahri atroflarida chiqarilgan. Daraxti baland, shox-shabbasi keng, balandligi 8-10 metrga boradi. Gul kurtaklari bir yillik novdalarda hosil bo’ladi. Gullari yirik. Aprel boshlarida gullaydi. Mevasi mayda, vazni o’rtacha 30-35 gramm, gohida 50 grammgacha boradi, yumaloq, sirti tekis, taramtaram, qizil. Pusti yupqa, eti oq, suvli, shirin, yoqimli. Mevasi iyun o’rtalarida pishib yetiladi. Ko’chati o’tqazilgach, 4 yildan muntazam hosilga kiradi. Har tup daraxtidan 50-200 kilogrammgacha hosil olinadi. Sovuqqa chidamli. Ko’proq tomorqa bog’larda ekish tavsiya etiladi.