Samarqand «nafis» aktsiyadorlik jamiyati
Samarqand «nafis» aktsiyadorlik jamiyati — engil sanoat korxonasi, «O’zbekengilsanoat» davla- taktsiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi; milliy chinni buyumlar (lagan, kosa, piyola, choynak, ko’za, sovg’abop chinni to’plamlari) ishlab chiqaradi. 1970 y.da «Samarqand chinni buyumlari z-Di» nomi b-n ishga tushirilgan, yillik quvvati 22 mln. dona chinni buyumlar. 1994 y.dan hozirgi nomida. 1990 y.dan korxonada mahalliy xom ashyo hisobiga mahsulot ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi — Angren kaolinidan va Lan- gar pegmatitidan foydalanila boshlan- Di. Ommabop chinni buyumlardan «uzum», «Oq oltin», «Tovus», «Navro’z» nomli Sharq buyumlari to’plami, «Sabrina», «Semurg'» nomli bezatilgan ko’zalar ish- lab chiqariladi. Korxonada 1500 ga yaqin ishchi faoli- yat ko’rsatadi, 13500 ming dona yoki 2 mil- liard so’mlikdan ko’proq mahsulot ishlab chiqarildi (2002). Korxona mahsulotlari chet ellarga eksport qilinadi.