SAMARQAND «SINO» AKTSIYADORLIK JAMIYATI

SAMARQAND «SINO» AKTSIYADORLIK JAMIYATI — mashinasoz- lik sanoati korxonasi. Maishiy Sovit- kichlar va muzlatkichlar, kondisioner- lar va b. mahsulotlar ishlab chiqaradi. Dastlab korxona «Samarqand Sovit- kichlar zavodi» nomi b-n 1973 y. dek.da ishga tushirilgan. 1974 y.dan KSH180 tipidagi «Samarqand» ro’zg’or sovitkich- lari ishlab chiqara boshladi. 1985 y.dan «Snejinka», 1991 y.dan «Sino» rusum- li sovitkichlarni i.ch. o’zlashtirildi. 1994 y.dan hozirgi nomda. 2002 y.dan «Parvina» kompaniyasi b-n hamkorlikda korxonani qayta qurish ishlari amal- ga oshirildi, korxonada 18 turdagi so- vitkichlarni ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Korxona Italiyadagi «Konnoy», «Galileo» kompaniyalarining eng zamo- naviy texnologiyalari b-n jihozlangan. Korxonada yillik kuvvati 250 ming dona sovitkich, shuningdek, kondisionerlar ham ishlab chiqariladi. Mahsulotlari chet elga eksport qilinadi.