SAMARQAND UNIVERSITETI

SAMARQAND UNIVERSITETI, Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti (SamDU) — O’zbekistonda ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan yirik oliy o’quv yurtlari- dan biri. 1927 y. 22 yanv.da Samarqandda Oliy pedagogika in-ti sifatida tashkil etilgan. Dastlab 3 bo’lim (fizikamat., tabiiygeogr. va ijtimoiyiqtisodiy), 11 o’qituvchi, 4 kafedra b-n ish boshla- gan in-tda ta’lim 4 y.lik bo’lgan. Int qoshida 1929 y. noyab.da ishchilar FTI, 1930 y. yanv.da ishchilar un-ti (kechki va sirtqi) hamda 1 va 2darajali maktab o’qituvchilari uchun malaka oshirish in- ti tashkil etildi. 1930 y. 22 yanv.da Oliy pedagogika in-ti O’zbekiston pedagogika akademiyasi (Pedakademiya)ga aylantiril- Di va u ta’limning ft tizimiga o’tdi. 1933 y. 20 yanv.da O’zbekiston davlat ped. akademiyasi O’zbekiston davlat un-ti (O’zDU)ga aylantirildi. Maktablar uchun o’qituvchilar tayyorlash va ularning mala- kasini oshirishda un-t qoshida tashkil etilgan kechki pedagogika in-ti muhim rol o’ynadi. Keyinchalik bu in-t negizi- da Samarqand pedagogika in-ti (1992 y. SamDU b-n birlashtirildi), 1935 y. tib- biyot FTI negizida Samarqand tibbiyot in-ti tashkil etildi. Shuningdek, un-t negizida Samarqandda Q.x., Tijorat, chet tillar intlari ham tashkil topdi. 1941 i. un-tga Ali- sher Navoiy nomi berildi. 2-jahon uru- shi davrida (1941 y. noyab.dan 1944 y. okt. gacha) Toshkentda O’rta Osiyo davlat un-ti tarkibida faoliyat ko’rsatdi. 1960 y.dan O’zDU Samarqand davlat un-ti (SamDU) deb atala boshladi. Unt tarkibida tarix, huquqshunoslik, iqtisodiyot, ijtimoiy-siyosiy fanlar, o’zbek Filol.si, rus Filol.si, tojik Filol.si, geogr., kimyo, mexanikamat., fizika, biol., informatika va informa- tsion texnologiyalar, ped. va boshlang’ich ta’lim, kasbiy ta’lim, musiqa, jismo- niy madaniyat ftlari, 73 o’kuv lab., 13 kompyuter sinfi, biznes maktab, testga tayyorlov kursi, axborot texnologiyalari va iqtidorli talabalar b-n ishlash Mar- kazi, o’quv diagnostika markazi, maxsus sirtqi bo’lim, metrologiya, patentshu- noslik bo’limlari, 8 qiroatxona va in- ternetga ulangan kompyuter zaliga ega kutubxona (3 mln. asar), Alisher Navoiy, zool., arxeologiya, geogr., universitet ta- rixi muzeylari bor. un-tda 34 yo’nalish bo’yicha aspirantura (1930 y. tashkil etilgan) va 4 yo’nalish bo’yicha doktoran- tura mavjud. Untda 30 yo’nalish bo’yicha (mat., mexa- Nika, huquqshunoslik, o’zbek, rus, tojik Filol.si, kimyo, iktisodiyot, menejment, fizika, elektronika, biol., ekologiya, tuproqshunoslik, geogr., boshlang’ich ta’- lim, ped.psixologiya, mehnat ta’limi, Defektologiya, tarix, falsafa, huquq va ma’naviyat asoslari, musiqa, amaliy mat., informatika va b.) bakalavrlar, 61 ixtisoslik bo’yicha (informatika, musi- kiy ta’lim, ped., psixologiya, boshlangich ta’lim, dialektika va bilish nazariya- si, umumiy tarix, ijtimoiy falsafa, siyosat falsafasi, Vatan tarixi, arxeo- logiya, tarixshunoslik, Aholishunoslik va mehnat iqtisodiyoti, zool., Botani- ka, o’simliklar fiziologiyasi, odam va hayvonlar fiziologiyasi, bio-kimyo, biotexnologiya, nazariy fizika, issi- klik fizikasi va molekulyar fizika, kvant elektronikasi, geliofizika va quyosh energiyasidan foydalanish, naza-riy mexanika, suyuqlik, gaz va plazma mexanikasi, noorganik kimyo, organic kimyo, fizik geogr., matematik taxlil, differentsial tenglamalar, matematik mantiq, ehtimollik nazariyasi va Mate- matik statistika, geom. va topologiya, mat. fanini o’qitish metodikasi, amaliy mat. va axborot texnologiyasi, hisoblash mat.si, matematik modellash, optimal- lashtirish va optimal boshqaruv, qattiq jismli elektronika, mikroelektro- Nika, tuproqshunoslik, agrotuprok- shunoslik va agrofizika, ekologiya va b.) magistrlar tayyorlanadi. 2003/2004 o’quv yilida 9320 talaba ta’lim oldi, 930 o’qituvchi, jumladan, 88 fan D-ri va prof., 468 fan nomzodi va dosent ish- ladi. SamDU ni bitirganlar orasida olimlardan I. Mo’minov, S. Umarov, U. Orifov, Ya. G’ulomov, A. Bahovuddinov, Q. Zokirov, V. Abdullaev, M. Osimov, A. Narzikulov, A. Adhamov, A. Otaxu- jaev, B. Valixo’jaev, Sh. Vohidov, yozuv- chi va shoirlardan Hasan Po’lat, Mirte- Mir, Amin Umariy, Oydin, Sh. Rashidov, Hamid Olimjon, Asqad Muxtor, Dushan Fayziy, Omon Matjon, N. Narzullaev, B. Boyqobilov va b. bor. Untda 1930 y.dan «ilmiy asarlar» to’plami (1998 y.dan «SamDU ilmiy tadqiqotlar axborotnomasi»), 1957 y.dan «Samarqand universiteta» gaz. nashr etiladi. Ibodulla Mirzaev.