SAMARQANDIY MUHAMMAD IBN ABDUJALIL

SAMARQANDIY MUHAMMAD IBN ABDUJALIL (12-asr) — hanafiy muhaddis. Abu Hafs Najmiddin Umar ibn Muhammad an Nasafiyning shogirdi. Samarqandiyning «Muntaxab kitob alkand Fi zikr ulamoi Samarqand» («Samarqand ulamolari xotirasiga doir qand (dek shirin) kitobining saylanmasi») Kitobi bor. Unda samarqandlik 200 ga yaqin muhaddis, faqih, ulamo haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. O’ziga xos hadis to’plami hisoblanadigan bu asarning yagona va to’liq bo’lmagan nusxasi Parijdagi Frantsiya milliy kutubxonasida saqlanadi. Fanda hozirgacha fors tilidagi «Kandiya» asari Samarqandiy «Muntaxab»ining Arab tilidan tarjimasi, degan xato tasavvur mavjud. Durbek Rahimjonov.