SAMATOV SAMI SAMATOVICH

SAMATOV SAMI SAMATOVICH (1949, Samarqand shahri) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (2004). O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan xalq ta’limi xodimi (1998). Sirdaryo pedagogika institutini tugatgan (1973). 1973 yildan Sirdaryo pedagogika institutida fizika o’qituvchisi, 1975 yildan fizika fakulteti dekani o’rinbosari (1985— 90 yillarda dekan), texnika vositalari kafedrasi mudiri, 1991 yildan Guliston universiteti qoshidagi Yangiyer shahri internat litsey, 1999 yildan Guliston akademik litseyi direktori.