SAMOA

SAMOA, dengizchilar orollari — Tinch okeandagi vulkan orollari, Polineziyada, 13-14° j.k.da. Eng yirik orollari — Savayi, Upolu, Tutuila. Mustaqil davlat — Samoa va AQSh mulki bo’lgan Sharqiy Samoaga bo’lingan. Qadimda Samoaga polinezlar kelib o’rnashgan. Yevropaliklardan orolga ilk bor (1722 yilda) gollandiyalik Ya. Roggeven borgan. 1768 yilda frantsuz dengizchi sayyohi A. Bugenvil orolga kelib, unga dengizchilar orollari deb nom bergan.