Samolyot sporti

Samolyot sporti — sportning harbiytexnik turi; og’irligi va dvigateli turlicha bo’lgan samolyotlarda uchish tezligi, balandligi, uzoqligi, davomiyligi, tez ko’tarilishi va yuk ko’tarishi bo’yicha rekordlar o’rnatish, shuningdek, sport samolyotlarida uchuvchilik mahorati bo’yicha musobaqalashish. Samolyot sporti 20-asrning boshlarida vujudga kelgan. Xalqaro aviasiya federatsiyasi (FAI, 1905 yil tashkil etilgan) ga 80 ga yaqin mamlakat a’zo. Jahon chempionatlari faqat uchuvchilik mahorati bo’yicha o’tkaziladi (1960 yildan).